date

Va’daga vafo qilmagan shaxs majburiy tarzda ko‘chirildi

Va’daga vafo qilmagan shaxs majburiy tarzda ko‘chirildi

Ikki tanish fuqarolar o‘zaro pul oldi-berdi asosida uy sotish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Sotib olgan shaxs yaqin tanishi va’da qilganidek, yarim yil davomida uyda yashashga rozi bo‘lgan. Ammo bir yil o‘tsa ham va’da bajarilmagan va uyni sotgan shaxs uyda yashashni davom ettirgan, bu esa fuqarolar orasida nizoga olib keldi va sotib olgan shaxs sudga murojaat qilishga majbur bo‘ldi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha M.Ulug‘bek tumanlararo sudining 2023 yil 17 fevraldagi ijro varaqasiga asosan, javobgarlar Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi kvartirali uyning 2 ta xonadonidan undiruvchi fuqaro foydasiga boshqa turar-joy bermagan holda ko‘chirilishlari belgilandi. Bu qaror Byuroning Yunusobod tuman bo‘limiga 27.02.2023 yilda kelib tushib, qonun asosida ijro ishi qo‘zg‘atildi va qaror nusxasi taraflarga yuborildi.

Majburiy ijro harakatlari bir necha marotaba sud ajrimi asosida to‘xtatilgani sababli avval amalga oshirilmagan. Keyin O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan birinchi instansiya qarori o‘z kuchida qoldirilgan.

Shundan so‘ng, 2026 yilning 6 yanvar kuni Byuroning tuman bo‘limi tomonidan ijro harakatlari davomida qarzdorlar sud hujjatida ko‘rsatilgan xonadonlardan majburiy tartibda ko‘chirildi. Xonadon kalitlari undiruvchi fuqaroga rasmiy dalolatnoma bilan, xolislar va tegishli tashkilotlar ishtirokida topshirildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Va’daga vafo qilmagan shaxs majburiy tarzda ko‘chirildi