Quvasoyda soliq qarzi uchun “Lacetti” avtomashinasi xatlandi

Majburiy ijro byurosining Quvasoy shahar bo‘limi ish yurituvida Farg‘ona viloyati Soliq boshqarmasining 16.02.2026 yildagi qaroriga asosan qarzdor “U-Z” MCHJ QK.dan davlat foydasiga 124 319,9 ming so‘m miqdoridagi soliq qarzdorligini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati ijroga qabul qilingan.
Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor korxonaga tegishli mol-mulklar o‘rganilib, uning balansida bo‘lgan “Lacetti” rusumli avtomashina aniqlandi.
Qonun talablariga muvofiq mazkur avtotransport vositasi xatlanib, jarima maydoniga joylashtirildi.
Hozirgi vaqtda ushbu avtomashinani belgilangan tartibda baholatib, elektron auksion orqali realizatsiya qilish choralari ko‘rilmoqda.
Majburiy ijro byurosi fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarini soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lashga chaqirib qoladi.
Aks holda qarzdorlik majburiy tartibda undirilishi va mol-mulklarga xatlov qo‘yilishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!