date

Qashqadaryoda “Koreyaga ishchi viza” va’da qilgan shaxs 7 000 dollar bilan ushlandi

Qashqadaryoda “Koreyaga ishchi viza” va’da qilgan shaxs 7 000 dollar bilan ushlandi

Qashqadaryo viloyatida fuqarolarni noqonuniy yo‘llar bilan xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, X.S. ismli shaxs ikki nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni Janubiy Koreyaga ishga jo‘natishni aytgan. U buning evaziga qonuniy “ishchi vizasi” rasmiylashtirib berish uchun jami 165 million so‘m talab qilgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘tkazgan tezkor tadbirda ushbu shaxs so‘ralgan pulning 7 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168 moddasi, ya’ni firibgarlik moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayni vaqtda tergov harakatlari davom etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda “Koreyaga ishchi viza” va’da qilgan shaxs 7 000 dollar bilan ushlandi