date

Namanganda Xalqaro gullar festivaliga qizg‘in tayyorgarlik boshlandi

Namangan shahrida 65-marotaba o‘tkaziladigan Xalqaro gullar festivali oldidan keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlari jadal davom etmoqda. Tadbir munosabati bilan shahar va tumanlar hududlariga qariyb 5 million tup mavsumiy gullar ekilayotgani ma’lum qilindi.

Misrning Sada al-Balad nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Namangandagi ushbu an’anaviy gullar festivali ilk bor 1961 yil avgust oyida tashkil etilgan. 2018 yildan e’tiboran u xalqaro maqomga ega bo‘lib, turli mamlakatlardan mehmonlar va ishtirokchilarni qabul qilib kelmoqda.

Bu yilgi festival yubiley — 65-marotaba o‘tkaziladi. So‘nggi yillarda ushbu tadbir nafaqat O‘zbekistonda, balki xalqaro maydonda ham o‘ziga xos madaniy brend sifatida tanilib ulgurgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilgi festival Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilishi ehtimoli ham mavjud. Hozirda bir oy davomida eng ko‘p gul ekish bo‘yicha rekord o‘rnatish ustida ishlar olib borilmoqda. Bu jarayonlar Ginnes vakillari, jumladan Dubaydagi ekspert Kanzi Defravi tomonidan xalqaro talablar asosida nazorat qilinmoqda.

Xalqaro gullar festivali 24 maydan 12 iyulga qadar davom etadi. Dastur doirasida gala-konsertlar, dron-shoular, avtoparadlar, ochiq osmon ostida simfonik konsertlar, moda haftaligi, turli ko‘rgazmalar hamda turizm va investitsiyaga bag‘ishlangan xalqaro forumlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Tashkilotchilar ta’kidlashicha, shahar ko‘chalariga ekilayotgan rang-barang gullar Namanganga tashrif buyuradigan mehmonlarda unutilmas taassurot qoldirishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda Xalqaro gullar festivaliga qizg‘in tayyorgarlik boshlandi