date

Toshkentda Matiz haydovchisi qoidabuzarlik bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Toshkentda Matiz haydovchisi qoidabuzarlik bo‘yicha rekord o‘rnatdi
Foto: Majburiy ijro

Toshkent shahrida yo‘l harakati qoidalarini eng ko‘p buzgan haydovchilardan biri aniqlandi. Majburiy ijro byurosi ma’lumotiga ko‘ra, Matiz rusumli avtomobil egasi bir yil davomida 900 martadan ortiq qoidabuzarlik sodir etgan.

Aniqlanishicha, ushbu avtomobil 2024 yil aprel oyidan boshlab bugungi kungacha muntazam ravishda yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol tarzda buzib kelgan. Natijada 912 ta ma’muriy jarima rasmiylashtirilib, umumiy qarzdorlik 331 million so‘mga yetgan.

Qarzdorlik ortib borgani sababli avtomobilga nisbatan qidiruv e’lon qilingan. Olib borilgan tezkor qidiruv va majburiy ijro harakatlari davomida ushbu Matiz topilib, 15 may kuni jarima maydoniga joylashtirilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda ishlar davom ettirilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda Matiz haydovchisi qoidabuzarlik bo‘yicha rekord o‘rnatdi