Toshkent metrosida kunlik yo‘lovchilar rekord darajaga chiqdi

Toshkent metropolitenida yo‘lovchilar oqimi bo‘yicha yangi rekord qayd etildi. Joriy yilning 8 may kuni metro xizmatlaridan bir kunda 1 million 117 ming 61 nafar yo‘lovchi foydalangan. Bu haqda Toshkent metropoliteni ma’lum qildi.
Taqqoslash uchun, 2025 yil 8 may kuni metro xizmatlaridan qariyb 986 ming 916 nafar yo‘lovchi foydalangan bo‘lsa, 2026 yil 7 may kuni bu raqam 1 million 105 ming 883 nafarga yetib, 12 foizlik o‘sish qayd etilgan. Xuddi shuningdek, 2025 yil 15 may kuni 953 ming 220 nafar yo‘lovchi qayd etilgan bo‘lsa, 2026 yil 14 mayda bu ko‘rsatkich 1 million 44 ming 736 nafarga yetib, qariyb 10 foizga o‘sgan.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, ayniqsa haftaning payshanba va juma kunlari metro xizmatlaridan foydalanuvchilar soni keskin ko‘paymoqda. Bu kunlarda ish va ijtimoiy faollik yuqori bo‘lishi bilan izohlanmoqda.
Qayd etilishicha, Toshkent metrosi so‘nggi yillarda yo‘lovchilar uchun eng qulay va tezkor transport vositalaridan biriga aylanib bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!