21:52 / 22.08.2017
6 674

“O‘tgan kunlar” romani ingliz va fransuz tillariga tarjima qilinmoqda

“O‘tgan kunlar” romani ingliz va fransuz tillariga tarjima qilinmoqda
Islom Karimov nomidagi Fond madaniy-ma’rifiy va ilmiy ommabop manbalar hamda o‘zbek adabiyoti durdonalarini tarjima qilish va chop etishga grant ajratish orqali O‘zbekistonning boy madaniy merosini asrash va targ‘ib etishga hissa qo‘shib kelmoqda, deyiladi fondning Facebook`dagi sahifasida.

Fond O‘zbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakolatxonasi bilan hamkorlikda atoqli o‘zbek adibi Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar” romanining ingliz va fransuz tillariga tarjimasiga bosh-qosh bo‘lmoqda.

O‘zbek romanchilik maktabining ilk namunasi sanalgan mazkur asar XX asr o‘zbek adabiyotining chinakam durdonasi deya e’tirof etilgan. Salkam bir asr avval yozilgan roman hali-hamon o‘zbek adabiyotining eng ko‘p o‘qiladigan asarlari sirasiga kiradi.

O‘zbekistonning milliy ma’naviy boyligiga aylangan “O‘tgan kunlar” romani xorijlik o‘quvchilar orasida ham o‘z muxlislariga ega bo‘lsa ajab emas. Ayni choqda, asar xorij o‘quvchisini o‘zbek xalqining ma’naviy olami, yuksak badiiy tafakkuri va umrboqiy qadriyat va an’analariga oshno etadi.

Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “O‘tgan kunlar” romani ingliz va fransuz tillariga tarjima qilinmoqda