date

Obid Nasriddinov opasi uchun uy hadya qildi

Obid Nasriddinov opasi uchun uy hadya qildi

Aktyor Obid Nasriddinov jonday aziz jigari — opasi uchun uy sovg‘a qilganini ma’lum qildi. Uning aytishicha:

“Men hozir Samarqanddaman. Mana shu 12 sotixli yerga kelajakda o‘zim uy qurib, oilam bilan mazza qilib yashayman, deb niyat qilgandim. Ammo nasib qilmagan ekan. Opalarimdan biriga uy zarur bo‘lib qoldi. Shu sabab bu 12 sotix yerni, so‘nggi 2–3 oy ichida noldan qurilgan kamtarona uy bilan birga — mebellari, texnikalari bilan to‘liq yashashga tayyor holatda bermoqchiman. Hali ozgina kamchiliklari bor, lekin 15–20 kun ichida ularni ham tugatib, topshiraman.

Bu videoni olishimdan maqsad — maqtanish yoki obro‘ orttirish emas. Aksincha, agar bunday ehtiyoj bo‘lmaganida yanada baxtli bo‘lardim. Hayotda ertaga nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. Videoni tayyorlashimdan maqsad shuki, meni kuzatadigan yoshlar ko‘p. Auditoriyam keng. Ko‘p hollarda yer talashib aka-ukalarning urushgani, opa-singillarning yuz ko‘rishmay qolganini ko‘ramiz. Ammo bu dunyo faqat shunday insonlardan iborat emas. Hayotda bir-birini jonidan ortiq ko‘radigan opa-singillar, aka-ukalar ham bor.

Men ham qimmat mashinalar olib, hashamatli uylar qursam bo‘lardi. Lekin men jigarchilikni tanladim. Shundan foydalanib aytmoqchimanki: mening 2 opam va 1 akam bor. Ularni juda ham yaxshi ko‘raman. Men bor ekanman, ular uchun qo‘limdan kelgan barcha narsani qilaman. Baxtimga sog‘-omon bo‘lsalar bo‘ldi.

Hayotda hamma narsa — pul ham, obro‘ ham topiladi. Lekin jigarlar topilmaydi”, — deya gapini yakunladi aktyor.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Obid Nasriddinov opasi uchun uy hadya qildi