Chet elda o‘qiyotgan o‘zbekistonliklar soni kamaydi

2025 yilning yanvar-oktyabr oylarida 26,4 ming nafar o‘zbekistonlik chet elda ta’lim olish uchun mamlakatni tark etdi, deb xabar beradi Davlat statistika qo‘mitasi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 18,9 foizga kamaygan.
O‘zbekistonliklar orasida ta’lim olish uchun eng ko‘p tanlangan davlatlar Rossiya (5,9 ming kishi) va Tojikiston (5,8 ming kishi) bo‘ldi. Shuningdek, Janubiy Koreya (3,3 ming), Qirg‘iziston (3,8 ming) va Turkiya (2,3 ming) ham mashhur yo‘nalishlar qatoriga kirdi.
Uzoq xorijiy davlatlar orasida esa Xitoy (1,2 ming), Buyuk Britaniya (839) va Germaniya (366) yetakchi o‘rinda turibdi. Shu bilan birga, 2025 yil 1 noyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonga ta’lim olish uchun kelgan chet elliklar soni 33,2 ming kishiga yetdi va yillik o‘sish 51,5 foizni tashkil etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!