
Mashhur xonanda Yulduz Usmonova va estrada yulduzi Xamdam Sobirov ilk bor bir sahnada kuchlarni birlashtirdi. Ular “Daryo daryo” nomli yangi taronani birgalikda kuylab, muxlislar uchun kutilmagan ijodiy sovg‘a taqdim etishmoqda.
Ushbu duet ko‘pchilikning e’tiborini tortdi, chunki ikki avlod vakili bo‘lgan san’atkorlarning ovoz uyg‘unligi va tasirchan ijrosi allaqachon ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘la boshladi.
Taronaning rasmiy premyerasi 8 dekabr kuni soat 22:00 da YouTube platformasida namoyish etiladi. Muxlislar uchun yangi qo‘shiqning klipi ham alohida qiziqish uyg‘otmoqda — ko‘pchilik duetdan katta energiya va kuchli hissiyotlar kutmoqda.
Yangi duetning muvaffaqiyati haqida hozirdan gapirayotganlar ko‘p, ayrimlar esa uni yilning eng kutilgan hamkorlik ishlari qatoriga qo‘shmoqda. “Daryo daryo”ning premyerasi esa, shubhasiz, o‘ziga xos san’at bayramiga aylanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.