date

Alvaro Morata jarohat oldi va uzoq muddatga safdan chiqdi


Italiyaning "Komо" klubi safida ijarada o‘ynayotgan ispaniyalik hujumchi Alvaro Morata bir necha oyga safdan chiqdi. Bu haqda taniqli sport jurnalisti Nikolo Skira xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, 33 yoshli futbolchida sonning adduktor mushaklarida jiddiy jarohat aniqlangan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Morata mart oyida maydonga qaytishi kutilmoqda.

Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 15 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatma amalga oshirgan. Eslatib o‘tamiz, Alvaro Morata hozirda "Komо" safida ijara asosida harakat qilmoqda, uning transfer huquqi "Milan" klubiga tegishli.

15-dekabr kuni "Komо" A Seriyaning 15-turida safarda "Roma"ga qarshi bahs olib boradi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Alvaro Morata jarohat oldi va uzoq muddatga safdan chiqdi