
Joriy yilda Toshkentning Yangihayot tumanida "Tashabbusli byudjet" doirasida 36 loyiha g'olib deb topildi, deb xabar berdi shahar hokimligi. Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun 35,6 milliard so'm ajratilgan.
Mazkur mablag'lar hisobidan tumandagi maktablar va bolalar bog'chalari ta'mirlanadi, mahalliy ichki ko'chalar obodonlashtiriladi. Shuningdek, mablag'larning katta qismi sog'liqni saqlash sohasiga yo'naltiriladi.
"Mazkur tashabbuslar tufayli mahallalarda yashash sharoitlari, bolalar ta'lim sifati va aholiga ko'rsatilayotgan tibbiy xizmatlar bosqichma-bosqich yaxshilanmoqda", deyiladi hokimlik xabarida.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.