Telegramda yangi firibgarlik: profil nusxalab pul olishmoqda

1 daqiqa o'qish23.5K
Telegramda yangi firibgarlik: profil nusxalab pul olishmoqda

Telegram'da oxirgi oylarda yangi turdagi firibgarlik keskin ko‘paygani haqida UZCERT ogohlantirdi. Ma’lum qilinishicha, firibgarlar Telegram-guruhlaridagi ochiq @username ma’lumotlarini kuzatib, guruhga qo‘shilmasdan turib foydalanuvchilar profillarini to‘liq nusxalamoqda. Ular surat, ism-familiya, bio va hatto @username'ni ham ayni shaklda qaytarib yaratadi.

Shundan keyin firibgarlar nusxalangan profil orqali guruh a’zolariga shaxsiy xabar yullab, “shoshilinch pul kerak”, “qarz berib turing” kabi bahonalar bilan begona bank kartalariga pul o‘tkazishni so‘raydi. Taniqli odamdan kelgandek ko‘ringani uchun ayrimlar vaziyatni tekshirmasdan mablag‘ yuborib, moliyaviy talafotga uchrayapti.

UZCERT foydalanuvchilarga bir qator xavfsizlik choralarini eslatdi:

– Telegram hisobini 2FA orqali mustahkamlash;
– telefon raqami, rasm va “last seen” ma’lumotlarini begona odamlardan yashirish;
– noma’lum akkauntlardan kelgan pul so‘rash yoki “yutuq” xabarlariga ishonmaslik;
– o‘sha odamga pul yuborishdan oldin unga aloqada tasdiqlab olish;
– apk/exe kabi fayllarni ochishdan oldin manbasini tekshirish;
– aktiv sessiyalarni muntazam ko‘rib chiqib, tushunarsiz qurilmalarni o‘chirish.

Muttaxassislar ta’kidlamoqda: firibgarlikning bu turi tez yoyilmoqda, ehtiyot choralarini qo‘llash esa har bir foydalanuvchining shaxsiy xavfsizligini ta’minlaydi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?