“Darveshona” — Navro‘z kunlarida nishonlanadigan xalq sayli. Ming yillardan beri xalq orasida mazkur nom bilan ataladigan bu tantana navro‘z sayillari bilan ayni bog‘liqdir.
Xalq orasida “darveshona” deb nomlangan ommaviy sayil bor. Darveshona Navro‘z arafasida tashkillashtiriladi. Qishloqlar, guzarlar va mahalla ahli keng maydonda to‘planib, Navro‘zni nishonlashadi, bir-birlarini qutlug‘ ayyom bilan muborakbod etishadi. Kelinchaklar elga kelinsalom qilishadi, piri badavlatlar esa ularni duolar bilan siylaydi. Yoshlar raqsga tushib, ko‘ngillarini shod etishadi.
Doshqozonlarda sumalaklar qaynaydi, issiq kulchalar pishiriladi, palovlar tayyorlanadi. So‘ng hamma bir dasturxon atrofida o‘tirib, bu ne’matlardan bahramand bo‘ladi.
Nima uchun xalq Navro‘z sayilini darveshona deb ataydi? Nima sababdan aynan navro‘z arafasida yettidan to yetmish yoshgacha bo‘lgan odamlar darveshona deb atalmish bayram tashkil etib yig‘iladi? Ehtimol bu navro‘z arafasida, yangi yilni butun xalq, mahalla-kuy, qarindosh-urug‘, do‘st va birodarlar, ota-onalar va bolalar — barchasi omonlikda kutib olishayotganidan shukronada ekanliklaridan dalolatdir. Yil boshida barcha sog‘-omon va tugal ekanligi, o‘yin-kulgi qilishayotgani, tabiat yana qayta yashnayotganini nishonlash tuyg‘usi odamlarni sayilga yetaklab chiqar balki. Boychechaklar sochilib yotgan adirlarda Navro‘zni tantana qilayotgan odamlarni ko‘rib, beixtiyor umrning va unda almashayotgan fasllarning mohiyatini his qilgandek bo‘lasan. Necha ming marta borliqni yashnatib bahor qaytadi, necha ming marta Navro‘z mana shunday tantana qilinadi. Qulf urgan maysalar ustiga yozilgan dasturxonlar ming yillardan buyon to‘kin. Faqat odamlar, avlodlar almashadi. Ammo ularning yuragidagi umidlar o‘zgarmaydi, bir-birlarini g‘animat bilish hislari mangudir.
Mamlakatimizning deyarli barcha hududida Navro‘z sayillari keng nishonlanadi va mana shu joylarning kattagina qismida bu sayilni darveshona deb ataydilar. Yoshi ulug‘larimizdan nima uchun xalq navro‘z sayillarini “darveshona” deydi, deb so‘rasangiz, ular “darveshlar bir joyga yig‘ilishganda, yana bir bor salomat ko‘rishib turganlari uchun bir-birlarini qutlashgan va shuni nishonlaganlar. Taom va suhbatdan so‘ng Allohning bergan ne’matlariga shukur qilib ibodat qilishgan. Shu sabab har yangi kun — Yangi yil arafasida odamlar ham bir-birlarini xuddi darveshlar kabi qutlaydilar, shukronalar aytishadi. Darveshona shu sabab paydo bo‘lgan va omma orasida shunday nom bilan tarqalgan bo‘lsa, ajabmas”, deya javob berishadi.
“Darveshona” — shukronalik, ham navro‘z ayyomidan, ham yasharish faslidan xurramlik damlaridir. Bu g‘animat damlarda el-ulus bilan birga bo‘lish har bir inson uchun sharaf.
Manba: Tasvir.uz
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi