
Sirdaryo viloyatida soliq to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirmagan fermerga nisbatan qat’iy choralar ko‘rildi. Majburiy ijro byurosining Guliston tuman bo‘limi ma’lumotiga ko‘ra, Soliq boshqarmasi qarorlari asosida qarzdor fermer xo‘jaligidan jami 59 million so‘m miqdoridagi soliq qarzini undirish haqida chiqqan 8 ta ijro hujjati bo‘yicha amaliy ishlar olib borilgan.
Davlat ijrochisi qarzdorga belgilangan muddat ichida qarzni ixtiyoriy tarzda to‘lash kerakligi haqida rasmiy tartibda ogohlantirgan, zarur tushuntirishlar berilgan va vaziyat mazmunan bayon qilingan. Shunga qaramay, belgilangan vaqt ichida qarzdorlik jabha qilinmagani bois qonun talablariga muvofiq majburiy chora qo‘llangan.
Qarzdor fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan “Volswagen” rusumli avtotransport vositasi xatlanib, belgilangan tartibda jarima maydoniga joylashtirilgan. Bu orqali davlat talablari ijrosini ta’minlash va qarzdorlikni qoplash uchun zarur huquqiy mexanizmlar ishga tushirilgan.
Hozirgi paytda ushbu avtomashina baholatilib, uni auksion savdosiga chiqarish bo‘yicha tashkiliy jarayonlar amalga oshirilmoqda. Mutasaddilarga ko‘ra, qarzdorlik qoplanishi aynan ushbu mol-mulkni realizatsiya qilish orqali ta’minlanishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.