date

Poytaxtda “qaychili o‘g‘ri” 90 millionlik o‘g‘irlikda qo‘lga tushdi

Poytaxtda “qaychili o‘g‘ri” 90 millionlik o‘g‘irlikda qo‘lga tushdi

Poytaxt Toshkentning Bektemir tumanida kuzatilgan o‘g‘irlikga nuqta qo‘yildi — qarovsiz qoldirilgan avtomobillardan jami 90 million so‘mdan ortiq pul olib qochgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasman ma’lumoti berildi.

Ma’lum qilinishicha, gumonlanuvchi Qo‘yliq dehqon bozori yaqinida to‘xtab turgan Nexia-2 avtomobiliga ko‘zi tushgan. U qaychi yordamida mashinaning eshigini osonlikcha ochib, avval salonni, keyin esa yukxonani titkilab chiqadi. U yerdagi 76 million so‘mdan ortiq pul mablag‘larini o‘z nazoratiga olib, jimgina voqea joyidan yo‘q bo‘lib ketadi.

Gumonlanuvchining o‘zi ham qilgan ishini tan olib, shunday deydi:

“Atrofni kuzatib turganimda mashinadan pul tushirib ketayotgan insonni ko‘rdim. U ketgach, hech kim yo‘qligini, signalizatsiya ham o‘rnatilmaganini bildim. Imkoniyat borligida, qora paketdagi pullarni oldim”.

Biroq u bu bilangina cheklanmagan. Oradan ko‘p o‘tmay, yana o‘sha hududga qaytib keladi va bu safar eshiklari ochiq qoldirilgan Cobalt avtomobiliga ko‘zi tushadi. Haydovchi telefonda shirin suhbatga berilib ketganini payqaydi va bu vaziyatdan foydalanib, salondagi 17 million so‘m pulni olib, yana g‘oyib bo‘ladi.

“Telefonda gaplashib ketgan egasi mashinani qulflamadi. Shuni ko‘rib, salondagi pullarni oldim. Qilgan ishimdan qattiq pushaymonman”, — deya izoh bergan u.

Biroq u o‘z harakatini davom ettirish niyatida yana Bektemir tumaniga kelgan paytda tezkor xizmat xodimlari tomonidan ushlangan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Poytaxtda “qaychili o‘g‘ri” 90 millionlik o‘g‘irlikda qo‘lga tushdi