date

Angrenda 15 yoshli qizga zo‘ravonlik ishi bo‘yicha sud boshlandi

Angrenda 15 yoshli qizga zo‘ravonlik ishi bo‘yicha sud boshlandi

Angren shahrida voyaga yetmagan qizga nisbatan sodir etilgan shafqatsiz zo‘ravonlik holati yuzasidan sud jarayoni boshlandi. Ushbu ish bo‘yicha Bolalar huquqlari bo‘yicha vakil Surayyo Rahmonova rasmiy bayonot berib, sud majlislarida ishtirok etishini bildirdi.

U ommaviy axborot vositalariga ma’lum qilishicha, 15 yoshli jabrlanuvchi ayni damda Toshkentdagi tibbiy muassasada davolanmoqda. Ombudsman qiz bilan uchrashib, uning ruhiy va jismoniy holati, oilasiga bo‘lgan ishonchi va davolanishdan so‘nggi yashash rejalarini aniqladi.

Rasmiy xabarga ko‘ra, qizning sog‘lig‘i sekin-asta tiklanmoqda. Vazni ortgan, holati barqarorlashgan, u psixologik yordam olayotgani qayd etildi. Mutaxassislar nazoratida u og‘ir travmadan chiqishga harakat qilmoqda.

Surayyo Rahmonova bu sud jarayonida ishtirok etib, voyaga yetmagan jabrlanuvchining manfaatlarini himoya qilishini aytdi. Shuningdek, qiz shifoxonadan chiqqach, uni xavfsiz va sog‘lom muhitda yashash bilan ta’minlash bo‘yicha nazoratni davom ettirishini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, bu mudhish holat joriy yil iyul oyida sodir bo‘lgan. 15 yoshli qiz bir necha erkak tomonidan, jumladan, o‘z qarindoshi ishtirokida zo‘ravonlikka uchragan. Natijada u og‘ir ahvolda reanimatsiyaga yotqizilgan va vazni 28 kilogrammgacha tushib ketgan. Ayni damda unga zaruriy tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Angrenda 15 yoshli qizga zo‘ravonlik ishi bo‘yicha sud boshlandi