Prezident Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaning 26-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda O‘zbekistonda mehnat bozori o‘rganilmaganini afsus bilan qayd etdi.
Prezident shu o‘rinda joriy yilda yo‘lga qo‘yilgan klaster tizimini tilga oldi.
"Klaster tizimini tajriba qilganlar daromad bilan chiqdi, lekin klaster tizimi kadr kerak - suvchi, yer tuzuvchi, ekologlar kerak. Yo‘q bizda ular! Klasterlarga, katta-katta chorva fermalarga boringlar - hammasi quyi pog‘onadagi mutaxassislarni chetdan olib kelgan", - dedi Mirziyoyev va "Shuncha kollejlarning mutaxassislari qani?" degan savolni o‘rtaga tashladi.
O‘zbekiston rahbari afsus bilan mamlakatda kasb tarbiyasi mavjud emasligi, mehnat bozorini o‘rganish masalasi bilan hech kim jiddiy shug‘ullanmayotganini aytdi.
"Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birga iqtisodiyotning real sektorida bo‘ladigan talabni kamida 10-15 yil oldin prognoz qilib, shunga qarab mutaxassis tayyorlash chorasini ko‘rish vaqt-soati keldi", - deb xulosa qildi prezident. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi