Foto: «O‘zeltexsanoat»
Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan Biss electronics system MChJda televizorlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda «O‘zeltexsanoat» AK matbuot xizmatiga tayanib, Daryo xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Biss electronics system MChJ tomonidan umumiy qiymati 2 mlrd so‘mlik bo‘lgan loyiha doirasida televizorlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi va buning natijasida 40 ga yaqin ish o‘rinlari yaratildi.
«Mahsulotlarni dunyo bozoriga olib chiqish, ‘O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan’ brendi ostida eksportbop mahsulotlarni tayyorlash, eng avvalo ichki bozor talablarini qondirish maqsadida ‘O‘zeltexsanoat’ aksiyadorlik kompaniyasi va Biss electronics system MChJ tomonidan shu kunga qadar 8000 dona televizor ishlab chiqarildi», — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, korxona yiliga 25 ming dona televizor ishlab chiqarish quvvatiga ega. Mahsulotlar ichki bozor talabini qondirishdan tashqari kelajakda eksportga yo‘naltirilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi