21:38 / 08.05.2019
5 077

O‘zbekistonda ekstremistik deb topilgan tashkilotlar ma’lum qilindi

O‘zbekistonda ekstremistik deb topilgan tashkilotlar ma’lum qilindi
Foto:«Xabar.uz»
Adliya vazirligi o‘z rasmiy saytida ekstremistik tashkilot nomlari ro‘yxatini e’lon qildi.

O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 30 iyuldagi «Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonunining 14-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida tashkilotni ekstremistik tashkilot deb topish sud tartibida amalga oshiriladi. Tashkilotni ekstremistik tashkilot deb topish to‘g‘risidagi ariza O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga beriladi. Qaysi tashkilotlarga nisbatan sudning ularni ekstremistik tashkilot deb topish va O‘zbekiston Respublikasi hududida ularning faoliyatini taqiqlash to‘g‘risidagi qonuniy kuchga kirgan qarori mavjud bo‘lsa, o‘sha tashkilotlarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Oliy sudining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinishi lozim.

O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 30 iyuldagi «Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonunining 11-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining hududiga ekstremistik materiallarni, ekstremistik tashkilotlarning atributlari va ramziy belgilarini olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etish, shuningdek ularni ommaviy axborot vositalarida yoxud telekommunikatsiya tarmoqlarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish va namoyish etish taqiqlanadi.

Shuningdek, mazkur moddaga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan, tayyorlanayotgan, saqlanayotgan, tarqatilayotgan va namoyish etilayotgan, shuningdek ommaviy axborot vositalarida yoki telekommunikatsiya tarmoqlarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatilayotgan va namoyish etilayotgan materiallar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ekstremistik materiallar deb topiladi.

Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2019 yil 12 martdagi hal qiluv qaroriga ko‘ra, internet jahon axborot tarmog‘ining «najot.info» va «hizb-uzbekiston.info» veb-saytlari hamda «Facebook», «Youtube» va «Telegram» axborot resurslari va ijtimoiy tarmoqlardagi quyidagi nomlardagi profil, kanal va sahifalari ekstremistik va terroristik deb topildi.

Profil, kanal va sahifalarning nomi

1. «Abu Saloh darsliklari»
2. «Jannat oshiqlari»
3. «Shom ovozi»
4. «Tavhid va jihod»
5. «Islam Abu Khalil»
6. «Polvon Novqatlik»
7. «Soxib Maxmudov»
8. «Farruxbek Abdullayev»
9. «Mamaraximov Abduraxim Mirkomilovich»
10. «Muxojir Polvon»
11. «Abu Aisha»
12. «Turkiston»
13. «Xurriyat info»
14. «Najot»
15. «al-Va’y»
16. «Roya»
17. «Usulul fiqh»
18. «Mustalahul hadis»
19. «Darslardan qisqa lavhalar»
20. «Fiqh ahkomlari»
21. «Tavhid darsi»
22. «Qiyomatdan avvalgi fitnalar»
23. «Savol va javoblar»
24. «Foida Mp3»
25. «Foida va qoidalar»
26. «Tafsir darslari»
27. «Talbisu iblis darslari»
28. «Islomni buzuvchi amallar darslari»
29. «Nomoz va benomozga taluqli masalalar»
30. «Ayollar darslari silsilasi»
31. «Aqiyda darslari»
32. «Silsilaviy darslar va ma’ruzalar»
33. «Muhim darslar»
34. «Aqiydatul vositiya»
35. «Mustalahul hadis»
36. «Alfatx»
37. «Talabalar uchun darslar»
38. «AL’-FATH TV»
39. «DA’VAT UZ»
40. «HIDOYAT TV»

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda ekstremistik deb topilgan tashkilotlar ma’lum qilindi