13:25 / 14.08.2019
2 638

Jinoyat natijasida yetkazilgan zarar to‘liq undirildi

Jinoyat natijasida yetkazilgan zarar to‘liq undirildi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Chilonzor tuman sudi I.Boboqulovni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 1-qismida ko‘rsatib o‘tilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topib, yetkazilgan 34 884 400 so‘m moddiy zarar pullarini undiruvchi O.Bakiyeva foydasiga qarzdor I.Boboqulovdan undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatini qarzdorning yashash manzili bo‘yicha ijrosini ta’minlash uchun Majburiy ijro byurosining Chiroqchi tuman bo‘limi ish yurituviga yuborgan.

Byuroning Chiroqchi tuman bo‘limi ijro hujjatini o‘z ish yurituviga olib, ijro harakatlariga kirishgan.
Ijro xarakatlari davomida 25.05.2019 yilda qarzdor I.Boboqulovdan “SAMSUNG” rusumli televizor va ikki bosh 2-3 yoshli chorva mollari xatlab olingan hamda 28.05.2019 yilda sotuvga chikarilgan. “SAMSUNG” rusumli televizor 1 000 000 so‘mga, chorva mollari 6 250 000 so‘mga narxlanib, sotilgan va ushbu pul mablag‘lari undiruvchining arizasiga asosan bankdagi plastik hisob raqamiga o‘tkazib berilgan.

Qolgan moddiy zarar pullari to‘lik nakd pul shaklida undirilib, undiruvchi O.Bakiyevaga tilxat asosida topshirilgan.
2019 yilning 3 avgust sanasida zarar pullari to‘liq undirilganligi sababli, ijro ishi yurituvi tamomlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jinoyat natijasida yetkazilgan zarar to‘liq undirildi