O‘zFA
Shoabdumalik ota yodgorligi Toshkentdan 40 km. masofada Ohangaron magistralining yonida, Ohangaron daryosining o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan.
Yodgorlikning janubiy va janubi-sharqida joylashgan aholi punkti hududida ko‘p yillar davomida ruxsatsiz shudgorlash va ekin ekish ishlari olib borilgan. 2018 yildan buyon bu yerda “Oltin Meros” xalqaro xayriya jamg‘armasining Toshkent viloyati bo‘limi tashabbusi hamda moliyaviy ko‘magi bilan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologik tadqiqotlar instituti va Tarix instituti qo‘shma ekspeditsiya guruhi tomonidan kichik qidiruv ishlari olib borildi.
Ilmiy izlanishlar natijasida ushbu yodgorlikda Qoraxoniylar davriga oid (X-XI asrlar) turarjoy majmuasi topildi. Ushbu yodgorlikni saqlab qolish uchun qazilma ishlari olib borilgan umumiy maydoni 200 kv.m. joyning tepasiga ship o‘rnatildi. Bu Toshkent viloyatida o‘rab olingan arxeologik yodgorlikning birinchisi bo‘ldi, deb xabar berdi O‘zFA matbuot xizmati.
Shodmalik ota majmuasi hozirgi shaklda turistik diqqatga sazovor joy bo‘lib, unga Shodmalik ota maqbarasi, arxeologik joy - ochiq osmon ostidagi muzey va statsionar arxeologik baza kiradi. Kelajakda Shodmalik ota majmuasi negizida arxeologik muzey qurilishi rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi