date
views 4 296

“U zamonlar o‘tib ketdi, buvijon!..”

“U zamonlar o‘tib ketdi, buvijon!..”
Kampir sekin xonasidan chiqdi. Zaldan nevarasi va kelinining ovozi eshitildi:
- O‘g‘lim, dasturxon tayër, ovqatingni solib qo‘ydim, kelib yeb ol, sovub qolmasin.

Kampir zalga kirdi, qishloqdan olib kelgan ëstig‘iga suyanib, sekin o‘tirdi.
Buvisini ko‘rgan bola: - Buvi, keling birga ovqatlanamiz, dedi.

Kampir ma’noli shaklda uh tortib:
- Uyning erkagi kelmasidan oldin dasturxonga o‘tirilmaydi. Oldin dadang kelsin, keyin birga ovqatlanamiz inshoolloh, dedi.

- Eh buvijon, u zamonlar o‘tib ketdi. Hozir qorni och bo‘lgan dasturxonga o‘tiradi. U kelgach o‘zi yeb oladi, dedi kelin.
- Qizim, insonlarning odobi, haësi, iffati bo‘lganiday uylarning ham iffati va odobi bor.

Nevaraning sabri chidamay gapga aralashdi:
- Buvijon, nima ekan bu uylarning iffati... Tushuntirib bering, men qiziqib qoldim, dedi.

Kampir gapirishni boshladi:
- Biz kichik paytimizda onamizdan oldin dadamizning qarshisida o‘zimizni odobli tutishni o‘rganardik. Ota-onamiz uyda paytida oëg‘imizni uzatib o‘tirmasdik, kattalar gapiraëtgan paytda gapirish uchun navbat berilmaguncha gapga aralashmasdik. Kattalarimiz xonaga kirganda darrov o‘rnimizdan turib, ularga o‘tirish uchun joy berardik. Dadamiz dasturxonga o‘tirmaguncha dasturxonga qo‘l uzatmasdik.

Dadamiz kelib, “Bismilloh”ni aytar, “Qani olinglar” derdi. Shundan keyin hammamiz ovqat yeyishni boshlardik. Ovqat yeb bo‘lgach, aka-ukalar navbat bilan ovqat duosini o‘qirdik. Oilaviy yeyilgan ovqatdan lazzatli ovqat bormi bu dunëda? Bu dasturxon odobidir o‘g‘lim.

- Bunchalik bosim ostida depressiyaga tushmasmidingiz, buvijon?
- Yo‘q, bizning zamonamizda hurmat bo‘lgani uchun sevgi abadiy edi. Sevgi bor bo‘lgach, depressiyaga tushgan odam bo‘lmas edi. Ovqatlar lazzatli, uyqular orom beruvchi edi. Bilasanmi, men depressiya degan so‘zni birinchi marta bu yerda eshitdim. Qishlog‘imizda hamma “Ibrohim jinni” deydigan bittasi bor edi. Hattoki, u shu daraja baxtli odam ediki, buni tushuntirib bera olmayman.

Kech kirguncha bolalar bilan ko‘chada o‘ynar, qorni och bo‘lganda eshikni taqillatib, “Opa, och bo‘ldim, ovqat ber” derdi. Qaysi eshikni taqillatsa ham bo‘sh qaytmas edi. Sartarosh sochini olar, hammomchi yuvintirib qo‘yardi.

Juma kunlari uni namozga olib ketishardi. Uni hech kim yakkalamas edi. Hozir hech bir narsaga hurmat qolmadi. Hatto bu shaharda uylarga ham hurmat yo‘q. Kech kirganiga qaramasdan hech kim pardalarni tushirmaydi, uyning ichi ko‘rinib turadi, lekin hech kim uyalmaydi. Biz kun qoraya boshlashi bilan qalin pardalarni ëpar, keyin chiroq ëqardik. Hatto parda ëpiq holatda ham kiyim almashtirishga uyalar edik, oldin chiroqni o‘chirib, keyin kiyim almashtirardik. Tashqaridan soyamiz ko‘rinishi mumkinligini o‘ylab yuzimiz qizarib ketar edi.

Shu payt kelin o‘tirgan yeridan turdi, istar-istamas zalning pardalarini ëpdi.
- Uyning odobi pardasi ëpilib-ëpilmaganidan bilinadi, der edi ota-bobolarimiz.

Uylar katta devorlar bilan o‘ralgan hovlilarning ichida bo‘lishiga qaramasdan hech kim ichki kiyimlarini o‘rtada osib qo‘ymas edi, hatto uy ichidagilardan uyalishardi. Men kichkinaligimda ishtonimni eng old tomondagi ipga osgan ekanman. Darrov onam kelib “Qizim, bugun dadang hovliga chiqdi. Sening ishtoning osilib turgan edi. Uyalganimdan yer ërilmadi yerga kirmadim. Bundan keyin bunaqa joyga osma. Eng orqadagi ipga osib qo‘y. Ustiga bir narsalar ëpib qo‘yki, ostidagi ko‘rinmasin.

Iffatimiz, odobimiz ketsa, imonimiz qolmaydi. Men u paytda 12 ëshlarimda edim. Onam menga bu gaplarni aytarkan uyalganimdan yerga kirib ketay dedim. Hozir shunaqami? O‘tgan kun ozgina toza havodan nafas olay deb balkonga chiqdim. Ro‘paradagi qo‘shni ipga barcha kiyimlarini osib qo‘ygan ekan, uyalganimdan uyga qaytib kirdim.

Bugun ovqatlar tashqarida yeyilayapti, “ko‘z haqqi” bo‘layapti, hech kim buni e’tiborga olmayapti. Bozordan olingan narsalar har xil chiroyli paketlarda uyga olib kelinayapti, buni olishga qurbi yetadiganlar bor, qurbi yetmaydiganlar bor. Ko‘z haqqi bo‘ladi bu yeyiladigan ovqatlarda...

Payg‘ambarimiz sollollohu alayhi vasallam “Taom hidi bilan qo‘shningizga aziyat yetkazmang” deb buyurganlar. Bugun taom hidi bilan, uni ko‘z-ko‘z qilish bilan atrofdagilarga aziyat berilmoqda. Tabiiyki yeb-ichganlaringizni ko‘rsatishingiz o‘zingizga zarar bermoqda. Keyin esa “depressiya” deb doktorlarga borayapsizlar.
Uyning yana bir odobi borki, eng asosiysi ham shu, menimcha. Uy ichida yeb-ichilgan narsalar, munosabatlar, mojarolar tashqariga olib chiqilmaydi...Bu uy iffati hisoblanar va hech kimga aytilmas edi.

Shuning uchun muammolar uy ichida osonlikcha hal etilar edi. Zotan Payg‘ambarimiz xususan er-xotin orasida bo‘lgan narsalarning atrofdagilarga ëyilishining qanchalar katta gunoh ekanligini hadislarida aytib o‘tgan, shunday emasmi Laylo, dedi keliniga. Laylo “Ha, buvijon” deya oldi.

- Buvijon, hozir Facebook degan narsa chiqqan. Odamlar restoranga borib yegan ovqatlarining rasmlarini qo‘yib minglab odamlarga ko‘rsatishadi.

- Voyyyy, naqadar ëmon ish... Odam degani yegan ovqatining suratini boshqalarga ko‘rsatadimi?
- Eh buvijon. Har qanday holatlarning rasmlari bor. Saëhat qilishga borgan joylari, yeb-ichadiganlari, sotib olgan kiyimlari, hatto erlari sotib olgan gulning ustiga ëzib qo‘ygan ëzuvlargacha tarqatishayapti odamlar.

- O‘g‘lim, sen nimalar deyapsan? Demak, qiëmat deyarli qoyim bo‘lib, uylar yalang‘och qolibdi-da, deb gapida davom etdi:
- Biz erlarimizning ënida yurishdan uyalardik, chunki bevalar bor, uylana olmay yurganlar bor. Ularning yarasini yangilamaylik deb erlarimizdan bir qadam orqada yurardik. Hozir esa urush-janjal ham, sevishishlar ham hammaning ko‘z o‘ngida...

Albatta, mahramlik qolmaganidan keyin samimiyat ham qolmaydi. Uyning barakati kattalarga bo‘lgan hurmatdadir. Uyning iffati derazani ëpib turgan pardadir.

Sevgining iffati yashirin bo‘lishidadir. Ko‘zning iffati ko‘zdadir. Badanning iffati tasatturdadir. Uyalish, haë imonning bir bo‘lagidir. Men senga onam aytgan bir hikoyani aytib beraman.

Hikoya dedimu, nomi hikoya... Aslida hadis, hadisi qudsiy... Ya’ni ma’nosini Ollohning Payg‘ambarimizga xabar bergan, so‘zlarini esa Payg‘ambarimizning o‘z so‘zlari bilan tushuntirib bergan bir hadisi...

“Alloh taolo Odam alayhissalomni yaratgan paytda Jabroil alahissalom unga uch sovg‘a olib keldi: ilm, haë, aql. Unga dediki: “Ey Odam. Bulardan xohlaganingni tanla...” Odam alayhissalom aqlni tanladi. Jabroil alayhissalom haë va ilmga maqomlariga qaytishni buyurdi.

Haë va ilm “Biz ruhlar olamida barobar edik. Bir-birimizdan aslo ayrilmaymiz. Ruhlar jasadlarga kirgandan keyin ham ayni shunday. Aql qayerda bo‘lsa, biz unga tobe bo‘lamiz”.

Jaroil alayhissalom “Unday bo‘lsa, sizlar ham joylashinglar” deya buyruq berishi bilan aql miyaga, ilm qalbga, haë esa ko‘zga joylashdi.
Bu hadisi qudsiyda aytilganiday haëning maqomi ko‘zdir. Shuning uchun ham ko‘zni saqlash muhimdir.

Kelin:
- Gapingiz to‘g‘ri buvijon. Biz iffatimizni yo‘qotdik, natijada muammolarimiz ko‘payib ketdi, dedi.
Nevara qoshiqni sekin joyiga qo‘yib “Men ovqatni dadam kelgandan keyin yeyman” dedi.
Aytgan gaplari kelini va nevarasiga ta’sir qilganini ko‘rgan kampir o‘tirgan joyida Allohga hamd ayta boshladi.

Ulug‘bek Yusuf

Manba: Azon.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “U zamonlar o‘tib ketdi, buvijon!..”