
iShowSpeed Twitch platformasi bilan kamida ikki yillik eksklyuziv shartnoma imzolashi mumkin, deb xabar berdi Cybersport.ru. Insayderlarga ko‘ra, unga 600 million dollarlik taklif berilgan.
Hozircha na kontent yaratuvchi, na platforma vakillari bu borada izoh bergan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, iShowSpeed 2021 yil dekabrida Adin Ross bilan efir chog‘ida bo‘lgan nazoratsiz g‘azabi tufayli Twitch’dan bloklangan edi. Shundan so‘ng u YouTube’ga o‘tgan va u yerda eng mashhur kontent yaratuvchilardan biriga aylangan. 2023 yilda Twitch uning kanalini qayta faollashtirgan bo‘lsa-da, u hanuz biror marotaba efirga chiqmagan.
IShowSpeed 7 iyuldan eksklyuziv jonli efir turini boshlashi kutilmoqda. U Fransiya, Polsha, Turkiya, Gretsiya va boshqa mamlakatlardan jonli efirlar olib boradi. Afişalarda YouTube va Twitch platformalari ko‘rsatilgan.
Mutaxassislar fikricha, aynan shu turdan keyingi tomoshabin faolligi asosida Twitch eksklyuziv ko‘rsatuvlar haqida qaror qabul qilishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar