date

Urushni tugatishning rossiyacha shartlari: Lavrov urushni tugatish uchun 2ta asosiy shartni ochiqladi

Urushni tugatishning rossiyacha shartlari: Lavrov urushni tugatish uchun 2ta asosiy shartni ochiqladi
Ukrainadagi urushni tugatish borasida Moskva o‘z talablarini yana bir bor ochiq bayon qildi, deb xabar berdi magyarnemzet.hu. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ushbu gazetaga bergan so‘ngi intervyusida, Rossiyaga qarshi qo‘yilgan barcha sanksiyalarni bekor qilish, muzlatilgan aktivlarni qaytarish va barcha da’volarni to‘xtatishni “qonuniy kelishuv” uchun asosiy shartlar deb atadi.

Lavrov ta’kidlashicha, Moskva urushni “asosiy sabablar bartaraf etilmagan holda” yakunlashni maqsad qilmayapti. Kremlning talablar ro‘yxatida Ukrainaga “demilitarizatsiya”, “denatsifikatsiya” va neytral maqom berish hamon kuchda. Shu bilan birga, Rossiya tomoni xalqaro hamjamiyatdan Qrim, Donetsk, Luhansk, Xerson va Zaporoje viloyatlarini Rossiya tarkibi deb rasman tan olishni talab qilmoqda. Lavrovning ta’kidlashicha, bu hududlarda 2022 yil kuzida o‘tgan “referendumlar” asos sifatida ko‘rsatilmoqda.

Biroq, xalqaro tashkilotlar bu talablarni inkor etmoqda. BMT va xalqaro ekspertlar Ukrainada bosib olingan va harbiy harakatlar ostidagi hududlarda o‘tkazilgan “referendum”larni xalq irodasi sifatida ko‘rsatishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini bildirishgan va bu kabi “ovoz berishlar” hech qanday huquqiy oqibatga ega emasligini ta’kidlashgan.

Moskva pozitsiyasi xalqaro maydonda jiddiy bahs va e’tirozlarga sabab bo‘layotgan bir paytda, urushni diplomatik yo‘l bilan to‘xtatish imkoniyatlari ham turli formatlarda muhokama etilayapti. Shu bilan birga, Rossiya talablari va G‘arb davlatlarining javobi o‘rtasidagi keskin farq hozircha nizo tugashiga to‘siq bo‘lib qolmoqda.

Zamin.uz xalqaro maydondagi urush va tinchlik muzokaralarining barcha muhim yangiliklari haqida o‘z o‘quvchilarini tez va xolis axborot bilan ta’minlashda davom etadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Urushni tugatishning rossiyacha shartlari: Lavrov urushni tugatish uchun 2ta asosiy shartni ochiqladi