
2024 yilda O‘zbekistonda birinchi marotaba nikohdan o‘tishda ma’lum tendensiyalar kuzatildi. Erkaklar uchun birinchi nikohga kirishning o‘rtacha yoshi 26,2 yoshni, ayollar uchun esa bu ko‘rsatkich biroz pastroq — 21,8 yoshni tashkil etdi, deb upl.uz xabar berdi. Bu ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan.
Mamlakatda birinchi marta nikohga kiruvchilarning o‘rtacha yoshi dinamikasi quyidagicha:
Erkaklar:
• 2000 yil — 24,2 yosh;
• 2005 yil — 25 yosh;
• 2010 yil — 25,6 yosh;
• 2015 yil — 25,9 yosh;
• 2020 yil — 26,4 yosh;
• 2024 yil — 26,2 yosh.
Ayollar:
• 2000 yil — 21,4 yosh;
• 2005 yil — 22,2 yosh;
• 2010 yil — 22,4 yosh;
• 2015 yil — 22,5 yosh;
• 2020 yil — 22,3 yosh;
• 2024 yil — 21,8 yosh. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar