
"Paxtakor" jamoasidan Belgiyaning "Antverpen" klubiga o‘tgan yosh o‘zbek futbolchisi Muhammadali O‘rinboyev o‘zining Instagram sahifasida muxlislar va jamoadoshlar bilan samimiy xayrlashuv xabari yozdi. Uning ta’kidlashicha, "Paxtakor" safida o‘tkazgan har bir daqiqa, birga harakat qilgan do‘stlar va trenerlar u uchun haqiqiy oilaga aylangan.
O‘rinboyev faxr bilan ta’kidlaydi: “Assalomu alaykum! Bugun yuragimda alohida o‘rin tutgan "Paxtakor" klubi bilan xayrlashish vaqti keldi.
Bugungi kungacha klubdagi faoliyatim jarayonida qo‘llab-quvvatlagan barchaga – "Paxtakor" muxlislariga, jamoadoshlarimga va murabbiylarimga cheksiz minnatdorchiligimni bildirmoqchiman! Bunday jamoada faoliyat yuritganimdan juda faxrlanaman. Men uchun jamoadoshlarim va "Paxtakor" delegatsiyasi doimo oilam kabi bo‘lib qoladi!"

U o‘z chiqishida yangi jamoasi “Antverpen”da barcha imkoniyatlarini ishga solib, eng yaxshi natijalarga erishishni va yurtimizning sharafini munosib himoya qilishni va’da qildi:
"Yangi jamoamda o‘z kuchimni ko‘rsatib, eng yaxshi natijalar qayd etishga va O‘zbekistonni yanada tanitishga va’da beraman!"
Mutaxassislar va futbol muxlislari ham ushbu transferni O‘zbekiston futboli uchun katta imkoniyat sifatida baholamoqda. Yangi jamoadagi ilk qadamlar, yangi muhit va raqobat – O‘rinboyevni yanada chiniqtiradi, deb ishonishadi.
Zamin.uz esa o‘z o‘quvchilarini Muhammadali O‘rinboyevning Yevropa futbolidagi ilk qadamlari, uning yutuqlari va yangi transfer yangiliklari bilan tezkor ravishda xabardor qilib boradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar