Beruniy tumani hokimi o‘rinbosari 12 ming dollar olgan vaqtida ushlandi

Jamiyat1 daqiqa o'qish792
Beruniy tumani hokimi o‘rinbosari 12 ming dollar olgan vaqtida ushlandi
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar davomida hokimi o‘rinbosari, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi xodimi pora bilan qo‘lga olindi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani hokimining o‘rinbosari Taxiatosh tumanida faoliyat olib borayotgan qizilmiya ildizlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan MCHJ rahbariga qizilmiya ildizini yetishtirishi uchun Beruniy tumani hududidan 150 gektar yer maydoni ajratib berish evaziga 12 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Namangan viloyatida qayd etilgan holatda, Kosonsoy tumanidagi bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jalik rahbari mazkur xo‘jalikning 24 gektar yer maydonini mansabdor tanishi orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 240 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 50 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, uning mansabdor tanishi hisoblangan Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi «Agrosanoatni rivojlantirish agentligi» davlat muassasasining Kosonsoy tuman loyiha ofisi bosh mutaxassisi yuqoridagi yer maydonini rasmiylashtirib berish evaziga 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida qo‘lga olindi.

Boshqa holatda esa Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Andijon viloyati boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yurituvchi mansabdor shaxs Andijon tumanidagi paxta va g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jalik rahbari tomonidan 6 sotix yer maydoniga noqonuniy qurilgan bino va inshootlar bo‘yicha hisoblanishi kerak bo‘lgan zararni kamaytirib xulosa berish evaziga 1000 AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?