date

Dollar kursi qulashda davom etmoqda

Dollar kursi qulashda davom etmoqda
O‘zbekiston moliyaviy bozorida kuzatilayotgan so‘nggi tendensiyalar AQSH dollarining milliy valyutaga nisbatan qadrsizlanayotganini ko‘rsatmoqda. Oxirgi 3 kun davomida AQSH dollarining so‘mga nisbatan kursi sezilarli darajada pastladi. Markaziy bank tomonidan 2025-yil 4-iyul uchun e’lon qilingan rasmiy valyuta kursiga ko‘ra, 1 AQSH dollari 34,15 so‘mga arzonlashib, 12 557,56 so‘mni tashkil etdi.

Iqtisodiy tahlilchilar dollar kursidagi hozirgi pasayishni qisqa muddatli holat sifatida baholashmoqda. Ularning fikriga ko‘ra, bozordagi mavsumiy o‘zgarishlar va Markaziy bankning ehtiyotkorona siyosati fonida valyuta kurslari yaqin haftalarda yana muvozanat holatiga qaytishi mumkin.

Biroq, global iqtisodiy sharoitlar, jumladan, AQSH Federal rezerv tizimining foiz stavkalari bo‘yicha qarorlari va geosiyosiy vaziyatlar ham O‘zbekiston valyuta bozoriga bilvosita ta’sir ko‘rsatishda davom etadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Dollar kursi qulashda davom etmoqda