
Toshkent shahrida iyun oyi davomida tilanchilik bilan band bo‘lgan shaxslarga qarshi olib borilgan tezkor-profilaktik harakatlar natijasida uch yuzga yaqin shaxslar aniqlanib, tegishli tadbirlar amalga oshirildi. Bu haqda shahar IIBB axborot tarqatdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ularning 70 nafariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning «Tilanchilik bilan shug‘ullanish» moddasiga muvofiq ma’muriy qamoq chorasi belgilangan, 47 nafariga ma’muriy jarima tatbiq etilgan. 68 nafar shaxs bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, sud tomonidan ogohlantirilgan. 44 nafar voyaga yetmagan yoshlar Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga yuborilgan. 15 nafar shaxs hujjatlari yo‘qligi tufayli Reabilitatsiya markaziga topshirilgan, 2 nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining «Tilanchilik bilan shug‘ullanish» moddasi asosida jinoiy ish ochilgan. Qolgan shaxslarga nisbatan surishtiruv ishlari hanuz davom etmoqda.
Raqamlardan ma’lum bo‘lishicha, 2025 yilning birinchi yarim yilligi bo‘yicha tilanchilikni o‘z kasbiga aylantirgan 1880 nafar shaxs aniqlangan.
Amalga kiritilgan qoidalarga binoan, bunday huquqbuzarlik uchun BHMning 3 barobari miqdorida jarima (1 million 125 ming so‘m) yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq belgilanishi mumkin.
Voyaga yetmaganlar, keksa yoshlilar, ruhiy holati buzilgan yoki nogironligi bo‘lgan shaxslarni, shuningdek, boshqa shaxslarni tilanchilikka jalb etish yoki ularga spirtli ichimliklar, giyohvand moddalar yoki aql-idrokka ta’sir qiluvchi boshqa moddalarni majburan qabul qildirgan holda tilanchilikka jalb qilish uchun BHMning 10 baravari miqdorida jarima (3 million 750 ming so‘m) yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi tayinlanadi.
Bunday harakat ma’muriy jazo qo‘llangandan keyin yana sodir etilsa, jinoiy javobgarlik yuzaga keladi va shaxs 5 yilgacha erkinlikdan mahrum qilinishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar