Farg‘onada soxta diplom tayyorlab bergan o‘qituvchilar qo‘lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oltiariq tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Oltiariq tumanidagi maktab o‘qituvchilari Z.Z, M.Y. va R.Yu. oldindan til biriktirib, fuqaro M.ning ishonchiga kirib, unga tikuvchilik yo‘nalishi bo‘yicha Oltiariq tuman agrosanoat kollejini tamomlaganligi haqidagi soxta diplomni tayyorlab berish evaziga 500 AQSH dollarini olishgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlanganlar.
Shuningdek, tadbir jarayonida fuqaro M.Y.ning yonida 2 ta to‘ldirilmagan diplomlar mavjudligi aniqlanib ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan, Z.Z, R.Yu. va M.Y. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi va 228-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan
UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi
Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi
Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi”