08:10 / 27.08.2020
2 509

«Mehr-shafqat va salomatlik» jamg‘armasi mansabdorlari 2,8 mlrd so‘mni talon-toroj qildi

«Mehr-shafqat va salomatlik» jamg‘armasi mansabdorlari 2,8 mlrd so‘mni talon-toroj qildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tuman bo‘limi tomonidan O‘zbekiston “Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat jamg‘armasi faoliyati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Mahkama xabariga ko‘ra, jamg‘arma direktori Asrol Mirzahmedov va boshqalar o‘zaro oldindan til biriktirib, dori vositalari va tibbiyot uskunalarini qimmat narxlarda sotib olib, jamg‘armaning 2,8 mlrd so‘m mablag‘larini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan jamg‘arma direktori Asrol Mirzahmedov va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Mehr-shafqat va salomatlik» jamg‘armasi mansabdorlari 2,8 mlrd so‘mni talon-toroj qildi