10:43 / 22.09.2020
2 931

Bugun o‘nta hududda yangi bemorlar qayd etildi

Bugun o‘nta hududda yangi bemorlar qayd etildi
2020 yil 22 sentabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 52 491 (+232) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 78 nafari Namangan viloyatida, 61 nafari Toshkent shahrida, 19 nafari Toshkent viloyatida, 16 nafari Andijon viloyatida, 12 nafari Jizzax viloyatida, 11 nafari Surxondaryo viloyatida, 10 nafari Qashqadaryo viloyatida, 9 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, yana 9 nafari Samarqand viloyatida hamda 7 nafari Xorazm viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor (erkak va ayol) vafot etdi.
Ayni paytda yurtimizda 48 606 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 445 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 536 nafari og‘ir, 283 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bugun o‘nta hududda yangi bemorlar qayd etildi