2 040
Bojxonachilar yirik miqdordagi noqonuniy import bilan shug‘ullangan firibgar-jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘ydi
Joriy yilning 4 oktabr kuni, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga karshi kurashish va bojxona auditi hamda Korrupsiyaga karshi kurashish va o‘z xavfsizlik bo‘limlari tomonidan “Chuqursoy” bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Davlat budjetiga bojxona to‘lovlarini to‘lamaslik maqsadida yirik miqdordagi import tovarlarni past stavkali tovarlarga almashtirish bilan shug‘ullanib kelgan, puxta o‘ylangan jinoiy sxemaga asoslangan jinoiy guruh faoliyati fosh etildi. Bu haqda Sof.uzga Bojxona qo‘mitasi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, oldindan tuzilgan rejaga ko‘ra tashkilot nomiga xorijdan import qilingan yuqori stavkali generator, suv purkagich, changyutgich, kiryuvgich kabi qimmatbaho xo‘jalik uskunalari va qurilish anjomlari “vaqtincha saqlash” bojxona rejimiga rasmiylashtirilib, o‘z omborida yuqoridagi tovarlar o‘rniga jinoiy guruh a’zolari tomonidan soxta yo‘l-yuk kuzatuv xujjatlarida ko‘rsatilgan qulf, elektrod, tokqaychi va arra kabi 16 turdagi tovarlarga almashtirilayotgan vaqtda to‘xtatib qolindi.
Yuk egalari ushbu jinoyatni amalga oshirish uchun jinoiy guruhga 20 nafar shaxslarni yollab, har birining vazifalarini taqsimlashgan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra yo‘l-yuk hujjatlarida ko‘rsatilmagan va ashyoviy dalil sifatida olingan 31 turdagi 4214 dona tovarlarning umumiy qiymati 5 milliard so‘mni tashkil etishi ma’lum bo‘ldi.
Jinoiy guruhning maqsadi amalga oshganida 1 milliard so‘m miqdorida bojxona to‘lovlari undirilib, davlatga 4 milliard 500 million so‘mlikdan ortiq zarar yetkazilar edi.
Mazkur aniqlangan qonunbuzarlik holati yuzasidan hozirda bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Korxonaning tashqi iqtisodiy faoliyati esa bojxona auditidan o‘tkaziladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi