2020/2021 o‘quv yilidan boshlab kollej va texnikumlarda tayyorlov yo‘nalishlari kesimida to‘lov-kontrakt asosida bir o‘quvchini o‘qitish qiymati miqdorlari tasdiqlandi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, sog‘liqni saqlash, pedagogika, biznes va boshqaruv, san’at, ijtimoiy ta’minot, xizmat ko‘rsatish, jurnalistika va ijtimoiy axborot yo‘nalishlari uchun bir o‘quvchini o‘qitish qiymati mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 6,2 barobarida (4 211 846 so‘m) bo‘ladi.
Tabiiy fanlar, transport, muhandislik ishi, aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari, kompyuter texnologiyalari va informatika, gumanitar fanlar (televideniye yo‘nalishi) yo‘nalishlari uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 6,0 barobarida (4 075 980 so‘m) belgilandi.
Qishloq xo‘jaligi irrigatsiyasi va melioratsiyasi, qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi, ishlab chiqarish va qayta ishlash tarmoqlari, arxitektura va qurilish, hayotiy faoliyat xavfsizligi, qishloq xo‘jaligi texnikasi, veterinariya, atrof-muhit muhofazasi yo‘nalishlarida o‘qitish qiymati mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,8 barobarida (3 940 114 so‘m) bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi