
Xorazm viloyatining Urganch tumanida yovvoyi hayvon — shoqollar paydo bo‘lgani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamalarga sabab bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Ekologiya boshqarmasi rasmiy bayonot berdi.
Mutasaddilarning ma’lum qilishicha, shoqollar Urganch tumanining Chandirqiyot qishlog‘i, “Baqaylar” mahallasi hududida kuzatilgan. Ayni vaqtda ushbu holatga qarshi chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Yovvoyi hayvonlar nazorat ostida
Shoqollar bilan bog‘liq vaziyatga oydinlik kiritar ekan, Ekologiya boshqarmasi bu holat “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonun asosida ko‘rib chiqilayotganini bildirdi. Ushbu qonun talablariga binoan, hayvonlarni zararsizlantirish emas, balki inson yashash joylariga yaqinlashmasligi uchun profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shoqollarni qo‘rqitish ishlari olib borilmoqda
Hozirda maxsus havaskor ovchilardan tashkil topgan guruh shakllantirilib, shoqollarni hududdan uzoqlashtirish maqsadida “hurkitish ishlari” boshlab yuborilgan. Bu usul orqali hayvonlar odamlar yashaydigan joylarga yaqinlashmasligi ta’minlanadi.
Hurkitish nima degani?
Hurkitish ishlari — yovvoyi hayvonlarni, jumladan bo‘ri, shoqol kabi yirtqichlarni inson yashaydigan hududlardan yiroqlashtirishga qaratilgan muhim choralardan biri hisoblanadi. Bu harakatlar asosan tovush, yorug‘lik yoki boshqa usullar yordamida ularni qo‘rqitish va o‘z tabiiy muhitiga qaytarishga qaratilgan.
Mutaxassislar aholiga vahimaga tushmaslikni, ammo hushyorlikni saqlashni tavsiya qilishmoqda. Shoqollar bilan bog‘liq holat viloyat ekologik xizmatlari tomonidan doimiy nazorat ostiga olingan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar