12:47 / 09.02.2021
2 900

«Siz bokschisiz, yana uring». Angrenda o‘qituvchi dars payti o‘quvchini urdi

«Siz bokschisiz, yana uring». Angrenda o‘qituvchi dars payti o‘quvchini urdi
Kadr: Telegram
Ijtimoiy tarmoqlarda Angrendagi 41-sonli maktab o‘qituvchisi o‘quvchilardan birini urayotgani tasvirlangan video tarqaldi. UzNews’ning Angren shahar XTB mudiri Rohila Abduqodirovaga tayanib yozishicha, mazkur holat 4 fevral kuni, 9-«V» sinfga biologiya fanidan dars o‘tilayotgan vaqtda videotasvirga olingan.

Ma’lum bo‘lishicha, biologiya fani o‘qituvchisi Z. Turdiyeva 9-«V» sinfga biologiya fanidan darsga kirgan. Shu kuni sinf o‘quvchisi Asadbek Qutbiddinov darsga daftarsiz kelgan. O‘qituvchi doskaga mavzu va rejani yozayotgan paytida Asadbek Qutbiddinov ruxsatsiz birinchi qatordan to‘rtinchi qatorning birinchi partasiga borib o‘tirgan va dars jarayoniga xalaqit qiladigan qiliqlar qilib, qolgan barcha o‘quvchilarni darsdan chalg‘itgan.

O‘qituvchi o‘quvchini ketma-ket besh martadan ko‘p ogohlantirishiga qaramay, dars jarayoniga xalaqit bergan. O‘qituvchi mavzuni tushuntirayotgan vaqtda ham o‘quvchi yana o‘rinsiz qiliqlar qilib o‘qituvchini va o‘quvchilarni darsdan chalg‘itayotgani uchun uni doska oldiga chiqarib, nega bunday qilayotganligi bo‘yicha izoh berishini so‘raganida, orqasiga qarab yana qiliq qilib sinfdagi o‘quvchilarni kuldirgani uchun o‘qituvchi Z. Turdiyeva o‘quvchi Asadbek Qutbiddinovning kurtkasini ustidan bir musht tushirgan.

O‘quvchi A. Qutbiddinov o‘qituvchi Z. Turdiyevaga «Siz boksyorsiz, yana musht tushuring» deb o‘qituvchini quyushqondan chiqargani uchun o‘qituvchi jahl ustida o‘quvchiga bir necha bor musht tushirgan. O‘quvchi dars tugaganidan keyin yana o‘qituvchini masxara qilib xonadan chiqib ketgan. O‘qituvchi Z. Turdiyeva bu holat bo‘yicha maktab rahbariyatini va sinf rahbarini ogohlantirmagan. Sababi o‘qituvchi qon bosimi ko‘tarilib xonada chamasi ikki soatlar o‘tirib, so‘ng o‘zi rahbarlik qilayotgan 6-«D» sinfda 2021 yilning 5 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan tadbirga tayyorgarlik ko‘rgan.

«8 fevral kuni o‘qituvchi har doimgidek 9-‘V’ sinfda darsni o‘tgan. O‘quvchi Asadbek Qutbiddinov joriy yilning 4 fevral kuni dars mashg‘ulotlariga xalaqit qilib o‘qituvchini quyushqondan chiqargani uchun o‘qituvchi Z. Turdiyevadan uzr so‘rab qilgan ishidan ming bor pushaymon ekanligini ma’lum qildi va o‘qituvchi bilan o‘zaro kelishib olishdi», — deyiladi xabarda.

O‘qituvchi Z. Turdiyeva ham o‘quvchi va uning ota-onasidan bo‘lib o‘tgan holat uchun kechirim so‘ragani aytilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Siz bokschisiz, yana uring». Angrenda o‘qituvchi dars payti o‘quvchini urdi