1 872
Facebook'da prezident nomidan akkaunt ochib, fuqarolarni chuv tushirgan shaxs ushlandi
Foto: IIV axborot xizmati
Facebook'da prezident Shavkat Mirziyoyev nomidan soxta akkaunt ochib, fuqarolarga uy-joy va bank kreditlari ajratishda yordam berishni va’da qilib, ularni chuv tushirgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv hamkorligi boshqarmasi ma’lum qildi.
Xabar qilinishicha, profil egasi muloqot jarayonida o‘zini Prezident Administratsiyasi rahbari deb tanishtirib, foydalanuvchilar bilan yozishmalar olib borgan, uy-joy va bank kreditlari ajratish va boshqa masalalarda yordam ko‘rsatishini va’da qilgan.
Buning evaziga fuqarolardan 50 ming so‘mdan 1,5 mln so‘mgacha bo‘lgan pul mablag‘larini plastik kartasiga tushirgan holda o‘zlashtirib, firibgarlik yo‘li bilan talon-toroj qilgan.
2021 yil 5 fevral kuni Toshkent viloyati Chirchiq shahri hududida tezkor-texnik qidiruv tadbiri o‘tkazilib, bu harakatlarni Chirchiq shahar 3-kichik tumanida vaqtincha yashovchi 1982 y.t. M.M. sodir etgani aniqlangan va telefon qurilmasi ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirib olingan.
Hozirda fuqaro M.M.ga nisbatan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi