20:47 / 19.04.2021
2 128

Korxonaga qarashli “Tracker” atomashinasi xatlandi


Majburiy ijro byurosi Buvayda tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudining 25.12.2020 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor “G‘ulom Azamat fayzi” oilaviy korxonasidan AT “Agro bank” Buvayda tuman filiali foydasiga 182 mln. 35 ming so‘m kredit qarzi va 16 110 so‘m pochta harajati undirish haqidagi ijro hujjati mavjud.

Joriy yilning 15 yanvar kuni qarzdor “G‘ulom Azamat fayzi” oilaviy korxonasi rahbari A.Aliyevga ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilganligi va uning huquqiy oqibatlari tushuntirilgan bo‘lishiga qaramasdan garovga qo‘yilgan “Tracker” avtomashinasini ijrodan yashirgan.

Ushbu transport vositasiga nisbatan e’lon qilingan qidiruv harakatlari davomida 25.03.2021 yilda Buvayda tuman markazida harakatlanayotgan vaqtida ushlangan va jarima maydonchasiga olib kirilgan.

Bir necha kun yayov yurgan korxona rahbari A.Aliyev bankdan bo‘lgan 182 mln. 35 ming so‘m kredit qarzi va boshqa harajatlarni to‘liq to‘ladi. Shuningdek, sud hujjati ijrosini ixtiyoriy ta’minlamaganligi sababli unga nisbatan tegishli ma’muriy jazo choralari qo‘llanildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Korxonaga qarashli “Tracker” atomashinasi xatlandi