
Rossiya prezidenti Vladimir Putin O'zbekiston Badiiy akademiyasi a'zosi Elmira Ahmedovani Pushkin medali bilan taqdirladi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar berdi.
Mukofotlash marosimi 4-noyabr kuni Kreml saroyida bo'lib o'tdi. Mukofotlanganlar orasida Italiya, Vetnam, Germaniya, Yaponiya, BAA va MDH davlatlarining vakillari ham bor edi.
Pushkin medali Rossiyada 1999-yilning 9-may kuni ta'sis etilgan. Ushbu mukofot madaniyat va san'at sohasidagi xizmatlar, shuningdek, xorijiy fuqarolar tomonidan Rossiya bilan aloqalarni rivojlantirish hamda rus madaniyatini qo'llab-quvvatlashdagi hissasi uchun beriladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar