Munisa Rizayeva o‘g‘li Aleksni yuzini muxlislariga ko‘rsatdi

Xonanda Munisa Rizayeva o‘zining o‘g‘li Aleksning yuzini ilk bor muxlislariga ko‘rsatdi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video qisqa vaqt ichida muxlislar e’tiborini tortib, qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Kadrlarda xonanda farzandi bilan samimiy vaqt o‘tkazayotganini ko‘rish mumkin. Ayniqsa, Aleksning yoqimtoy qiyofasi va shirin harakatlari muxlislarni befarq qoldirmadi. Ko‘pchilik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bolakayning kimga ko‘proq o‘xshashi haqida fikr bildirmoqda.
Xonandaning ushbu videosi muxlislar tomonidan iliq qarshi olindi va qisqa fursatda minglab layk hamda izohlarga sabab bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing