SpaceX bir urinishda 29 ta Starlink sunʼiy yoʻldoshini orbitaga chiqardi

Elon Musk asos solgan SpaceX kompaniyasi Falcon 9 raketasi yordamida Starlink sunʼiy yoʻldoshlarining navbatdagi turkumini koinotga muvaffaqiyatli uchirdi. Parvoz 21-may kuni Kanaveral burnidagi SLC-40 maydonchasidan amalga oshirildi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Ushbu missiya doirasida orbitaga 29 ta yangi Starlink apparatlari olib chiqildi. Mazkur parvozning eʼtiborli jihati shundaki, raketaning B1077 raqamli birinchi pogʻonasi oʻzining 28-parvozini amalga oshirdi va bu borada oʻziga xos rekord oʻrnatdi.
Vazifasini bajarib boʻlgach, raketaning koʻp marta ishlatiladigan qismi Atlantika okeanidagi ASOG dengiz platformasiga muvaffaqiyatli qoʻndi. Bu SpaceX kompaniyasining raketalarni qayta ishlatish texnologiyasi qanchalik samarali ekanini yana bir bor isbotladi.
Avvalroq SpaceX kelgusi besh yil ichida parvozlar intensivligini 60 baravarga oshirishni va ularning sonini yiliga 10 000 taga yetkazishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!