date

Kanadalik kuyov “kelin salom”da hammaga kayfiyat ulashdi (video)

Kanadalik kuyov “kelin salom”da hammaga kayfiyat ulashdi (video)

Aktrisa Shahlo Zoirova o‘zining Instagram sahifasida qiziqarli va iliq kayfiyat ulashuvchi videoni muxlislari bilan bo‘lishdi. Videoda u kelin salom marosimida ishtirok etgani va kelin salom aytgani aks etgan.

An’anaga ko‘ra, kelin kuyovga ham salom qiladi. Aynan shu jarayon videoning eng e’tiborli va hayratli lahzasiga aylangan. Ma’lum bo‘lishicha, kuyov kanadalik bo‘lib, uning ismi Rado ekanligi aytilgan.

Kuyov sahnaga o‘ziga xos kayfiyatda chiqib keladi — u quvnoq tarzda raqsga tushib kelinning oldiga boradi va mehr bilan peshonasidan o‘pib qo‘yadi. Ushbu samimiy va noodatiy holat marosimga o‘zgacha ruh bag‘ishlagan.

Kelin salomchi sifatida qatnashgan Shahlo Zoirova ham bu vaziyatdan hayratda qolib, kuyovning o‘zbekona an’anani qisqa fursatda o‘zlashtirganiga qoyil qolganini bildirgan.

Video ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqalib, foydalanuvchilar tomonidan iliq kutib olindi. Ko‘pchilik kuyovning quvnoqligi va samimiyatini alohida ta’kidlab, unga ijobiy izohlar qoldirmoqda. Shuningdek, kelinning ham quvnoq va ochiqko‘ngil ekani videodan yaqqol sezilib, tomoshabinlarga manzur bo‘lmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Kanadalik kuyov “kelin salom”da hammaga kayfiyat ulashdi (video)