Kutilmagan uchrashuv: Nargiza Abdullayeva onaxon ko‘ziga yosh keltirdi

Aktrisa Nargiza Abdullayeva muxlisiga qilgan samimiy va kutilmagan syurprizi bilan ijtimoiy tarmoqlarda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Tarqalgan videolarda onaxonni aktrisa bilan shaxsan uchrashgani, samimiy suhbatlashgani aks etgan.
Ma’lum bo‘lishicha, onaxon aktrisani juda hurmat qilishi, uning ijodi va hayotiy qarashlarini qadrlashini bildirgan. Ushbu samimiy so‘zlardan xabar topgan Nargiza Abdullayeva muxlisasini quvontirishga qaror qilib, u bilan yuzma-yuz uchrashgan.
Videolarda onaxonning hayajon aralash quvonch bilan aktrisani kutib olgani, ko‘zlarida yosh bilan uni bag‘riga bosgani ko‘rinadi. Aktrisa esa oddiyligi va samimiyligi bilan muxlisining ko‘nglini ko‘targan, iliq suhbat orqali unga unutilmas lahzalar tuhfa etgan.
Mazkur uchrashuv ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinib, foydalanuvchilar tomonidan katta iliqlik bilan qarshi olinmoqda. Ko‘pchilik bunday insoniylik va e’tibor har qanday mashhurlikdan ustun ekanini ta’kidlashmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!