«O‘zgidromet» 31 oktabrdan 4 noyabrgacha kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, dushanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati kunduzi 13-18 darajani tashkil etadi, janubda va cho‘l hududlarda 19-21 daraja atrofida bo‘ladi.
1 noyabr, seshanba kuni respublika shimoliga nam bulutli massivlar kirib kelishi boshlanadi, buning hisobiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi va kechga tomon Xorazm viloyati bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. O‘zbekistonning qolgan hududlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 2-7 daraja iliqni, kunduz kuni 16-21 darajani tashkil etadi, janubda va cho‘l hududlarida 23-25 daraja arofida bo‘ladi.
Chorshanba kuni mamlakatning barcha hududlari nam havo massalari ta’siri ostida bo‘ladi. Respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Shimoli-g‘arbiy hududlarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Kunduzgi harorat 12-17 darajagacha pasayishi kutilmoqda.
Payshanba va juma kunlari respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi. Ushbu kunlarda harorat kechalari 5-10 darajani, kunduz kunlari 12-17 darajani tashkil etadi.
31 oktabr 2 noyabrda ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabarti bilan uchrashdi
Italiyaning Sardiniya orolida uylar 1 yevrodan sotilmoqda, lekin...
Jismoniy shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatiladi