
«O‘zgidromet» 18-20 noyabr kunlari kutilayotgan ob-havo bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etdi. Unga ko‘ra:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 18 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 19-20 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 19-20 noyabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5, kunduzi +7...+12 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 18-19 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 20 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 19-20 noyabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +3...+8, kunduzi +14...+19, Navoiy viloyatining shimolda kechasi 0...+5, kunduzi +7...+12 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 19 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 18 noyabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +3...+8, kunduzi 18 noyabrda +14...+19, 19-20 noyabrda +12...+17 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 19 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +4...+9, kunduzi +17...+22 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 18-19 noyabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 18 noyabrda kechasi 0...+5, kunduzi +10...+15, 19-20 noyabrda kechasi +2...+7, kunduzi +12...+17 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -2...+3, kunduzi +5...+10 daraja bo‘ladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar