Aktrisa Yulduz Rajabova turk turmush o'rtog'iga o'zbekona kelin salom qildi!

Aktrisa Yulduz Rajabova va turk aktyori Emre Kiviljimning to‘yi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Ayniqsa, marosimdagi milliy an’analar muxlislar e’tiborini tortdi.
Tarqalgan videolarda Yulduz Rajabova o‘zbek milliy libosida ko‘rinish bergani aks etgan. Aktrisa turmush o‘rtog‘i hamda yaqinlari uchun o‘zbekona “kelin salom” ijro etib, ko‘pchilikning olqishiga sazovor bo‘ldi.
Muxlislar ushbu lahzalarni samimiy va milliy qadriyatlarga boy holat sifatida baholamoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda juftlikka baxt, uzoq umr va mustahkam oila tilab ko‘plab izohlar yozilmoqda.

Yulduz Rajabova va Emre Kiviljimning to‘yidan lavhalar qisqa vaqt ichida internetda faol tarqalib, foydalanuvchilar orasida katta qiziqish uyg‘otdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing