date

Tesla Robotaxi avtomobillari masofaviy boshqaruv vaqtida to‘qnashuvga uchradi

Tesla Robotaxi avtomobillari masofaviy boshqaruv vaqtida to‘qnashuvga uchradi

AQSh Milliy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi (NHTSA) ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil iyulidan buyon Tesla Robotaxi avtomobillari masofaviy operatorlar tomonidan boshqarilayotgan vaqtda kamida ikki marta to‘qnashuvga uchragan. Ikkala hodisa ham Texas shtatining Ostin shahrida past tezlikda yuz bergan va ularda yo‘lovchilar bo‘lmagan. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Tesla avvalroq qonun chiqaruvchilarga masofaviy operatorlar avtomobilni soatiga 10 mildan past tezlikda boshqarishi mumkinligini ma’lum qilgan edi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, bu imkoniyat noqulay vaziyatga tushib qolgan transport vositasini tezda xavfsiz hududga olib chiqish va yordam kutish vaqtini qisqartirish uchun xizmat qiladi.

NHTSA ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi holatda teleoperator avtomobilni boshqaruvga olib, uni yo‘l chetidagi metall to‘siqqa urib olgan. Ikkinchi holatda esa, 2026-yil yanvar oyida, masofaviy boshqaruvdagi Tesla qurilish maydonchasidagi vaqtinchalik to‘siqqa soatiga 9 mil tezlikda urilib, avtomobilning old qanoti va shinasiga shikast yetkazgan.

Tesla avtonom texnologiyalar ustida ishlayotgan boshqa kompaniyalar kabi barcha to‘qnashuvlar haqida hisobot berishga majbur. Ilgari kompaniya bu ma’lumotlarni tijorat siri sifatida yashirib kelgan bo‘lsa, endilikda o‘tgan yildan buyon qayd etilgan 17 ta to‘qnashuv bo‘yicha batafsil tavsiflarni ochiqladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Tesla Robotaxi avtomobillari masofaviy boshqaruv vaqtida to‘qnashuvga uchradi