
O‘zbekistonda E-Tergov nomli axborot tizimi ishga tushiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan qarorda ma’lum qilingan.
Ushbu tizim yordamida jinoyat ishlari yuritishning barcha bosqichlari raqamlashtirilishi rejalashtirilmoqda. Tizim orqali moddiy zararlarni hisobga olish va ularni qoplash jarayonlari nazorat qilinadi.
Bundan tashqari, Huquqni muhofaza qilish organlari akademiyasida kelgusi o‘quv yilidan boshlab kiberhuquq sohasi bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida mutaxassislar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Qarorda Bosh prokuratura huzurida Raqamli texnologiyalar markazini tashkil etish nazarda tutilgan.
Ushbu markaz Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boshqarmasi negizida tashkil qilinadi. Eslatib o‘tamiz, 3-noyabr kuni davlat rahbariga jinoyat ishlari bo‘yicha murojaatlarni qabul qilishdan tortib, sud qarorlarining ijrosigacha bo‘lgan jarayonni raqamlashtirish rejalari haqida ma’lumot berilgan edi.
Shuningdek, tergovchilarning ish faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish kutilmoqda.
O‘zbekistonda E-Tergov tizimi ishga tushiriladi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar