date

Yo‘nalishli taksilar uchun 100dan ortiq yo‘nalishga tender o‘tkaziladi

Yo‘nalishli taksilar uchun 100dan ortiq yo‘nalishga tender o‘tkaziladi

Respublika bo‘yicha 113 ta yo‘nalish ochiq elektron tender tanloviga chiqarildi, deb xabar berdi Transport vazirligi.

Vazirlikning qayd etishicha, tender tanloviga chiqarilgan yo‘nalishlarning barchasi (M1) yo‘nalishli taksi yo‘nalishlaridir.

Ochiq elektron tender tanlovi 2026 yil 17 yanvar kuni soat 14:00 da bo‘lib o‘tadi.

Tender tanlovi g‘oliblari shahar, shahar atrofi, viloyat ichidagi shaharlararo va shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishlarda ishlash huquqini qo‘lga kiritadi.

Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan e-tender.uztrans.uz axborot tizimi orqali taqdim etiladi.

Tender takliflari axborot tizimi orqali 2026 yilning 16 yanvar kuni soat 14:00 ga qadar qabul qilinadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Yo‘nalishli taksilar uchun 100dan ortiq yo‘nalishga tender o‘tkaziladi